<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Oʻtar ekan bu olamdan
 Boylar ham hatto nochor
 Yashar ekan mangu boʻlib
 Xudoga doʻst boʻlganlar

[V2]
 // Keling doʻstlar qoʻl berishib
 Bir-birimiz kechiraylik
 Xudo bergan inoyat
 Amalda koʻrsataylik  //

[V3]
 Oʻtdi qancha kazolar
 Oʻtdi hatto kamtarlar
 Qolmas ekan ustun boʻlib
 Bu oʻtkinchi xatolar

[V4]
 Azoblarda Rabbimiz
 Koʻrgandi Oʻzi jafo
 Qolmadi aziz doʻstlar
 Kechirilmagan bevafo

[V5]
 Mangulikda birga boʻlib
 Koʻzlar koʻzlarga tushsa
 Oʻtmishdagi xatolar
 Qalbni xiralab qoʻysa</lyrics>
<title>Keling doʻstlar qoʻl berishib</title>
<author>Ulugʻbek Joʻrayev</author>
</song>